Sudralib yuruvchilar (Reptelia) — umurtqalilar sinfi. Qadimgi Sudralib yuruvchilar — kotilozavrlar oʻrta karbonda stegotsefallardan paydo boʻlgan. Keyinchalik stegotsefallar 2 shoxga ajralgan; ularning biridan — sut emizuvchilar, ikkinchisidan — kushlar paydo boʻlgan. Sudralib yuruvchilar permdan kaynozoy erasi boshlarigacha Yer yuzi faunasida hukmronlik qilgan. Mezozoyda kengtarqalgan; ular orasida dengizda suzuvchilari va havoda uchadiganlari boʻlgan. Eng yirik hayvonlar — dinozavrlar qam mezozoy davrida yashagan. Mezozoy tugab, kaynozoyning boshlanishi qadimgi Sudralib yuruvchilar ning qirilib ketishi, sut emizuvchilar bilan qushlarning keng tarqalishiga toʻgʻri kelgan.
Hozirgi Sudralib yuruvchilar gavdasining uzunligi bir necha sm dan 10 m gacha. Skeleta deyarli toʻliq suyaklangan. Oyoqlari boshqa kuruqlikda yashovchilar singari 5 barmoqli tipda; ayrim guruhlarda oyokdar boʻlmaydi. Koʻpchilik Sudralib yuruvchilar qovurgʻalari toʻsh suyaklari bilan tutashib, koʻkrakqafasi hosil qiladi. Sudralib yuruvchilarda birinchi marta koʻkrak qafasi orqali nafas olish paydo boʻladi. Bosh miyasi sut emizuvchilar va qushlarnikiga nisbatan kuchsiz rivojlangan. Qon aylanish doirasi 2 ta, yuragi 3 kamerali, yurak qorinchasida chala parda toʻsiq boʻladi. Faqat timsoxlar yuragi qorinchasi toʻliq 2 ga boʻlingan, yuragi 4 kamerali. Ayirish organi chanoq buyrakdan iborat; koʻpchiligida qovuq bor. Gatteriyalardan boshqa barcha Sudralib yuruvchilar erkagida kopulyativ organ bor (ilonlar va kaltakesaklarda 2 tadan). Terisi muguz tangachalar yoki qalqon bilan qoplangan (terili suv toshbaqalarida boʻlmaydi), quruq, ter bezlari boʻlmaydi yoki kam boʻladi.
Hozirgi Sudralib yuruvchilarning 8000 ga yaqin turi, Oʻzbekistonda 2 turkum (tangachalilar, toshbaqalar)ga mansub 58 turi tarqalgan. Antarktidadan tashqari barcha kitalarda uchraydi. Koʻpchilik turlari qurukdikda, timsoxlar, bir qancha toshbaqalar va ilonlar chuchuk suvlarda, ayrim toshbaqalar, ilonlar va timsoxlar dengizda yashaydi. Tana harorati doimiy boʻlmaganidan Sudralib yuruvchilarning faol hayot kechirishi tashqi muhit harorati bilan bogʻliq. Urugʻlanishi ichki; ayrim kaltakesaklar va ilonlar partenogenez koʻpayadi. Koʻpchilik Sudralib yuruvchilar tuxum qoʻyadi; ayrim turlari tirik tugʻadi yoki tuxumdan tirik tugʻadi. Tuxumlari sariklikka boy; qattiq ohak (toshbaqalar, timsoxlar) yoki pergamentsimon poʻchoq (ilonlar, kaltakesaklar) bilan qoplangan. Poʻchoqtuxumni qurib qolishdan saqdaydi. Inkubatsiya davri 1—2 oydan 1 yilgacha yoki koʻproq (gatteriya). Ayrim Sudralib yuruvchilar (mas, timsoxlar) nayeli toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qiladi. Koʻpchiligi yirtqich yoki hasharotxoʻr; ayrim kaltakesaklar (agamalar, iguanlar) hammaxoʻr; quruqlik toshbaqalari, asosan, oʻsimliklar bilan oziklanadi. Ayrim Sudralib yuruvchilar goʻshti isteʼmol qilinadi; terisi va kosasidan har xil buyumlar; ilonlar zaharidan har xil dorilar tayyorlanadi. Koʻplab ovlash tufayli toshbaqalar, koʻpchilik ilonlar va timsoxdar sonining kamayishiga olib keldi. Sudralib yuruvchilar sonini tiklash uchun ular sunʼiy koʻpaytiriladi (timsoxlar); koʻpayish joylari muhofaza qilinadi; ovlash man etiladi. 150 ga yaqin turi va kenja turlari Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.
Ochil Mavlonov.