dcsimg

Qizilmiya ( Usbeque )

fornecido por wikipedia emerging languages

Qizilmiyadukkakdoshlarga mansub koʻp yillik ildizpoyali begona oʻt. Poyasi sershox, dagʻal, boʻyi 40— 150 sm, tik oʻsadi. Barglari murakkab, toq patsimon, uzunchoq. Gullari binafsha rang , shoda toʻpgulga yigʻilgan. Mevasi choʻzinchoq dukkak. Apr.iyunda gullab mevalaydi. Urugʻi va vegetativ usulda ildizpoyalaridan koʻpayadi. Ildiz sistemasi kuchli rivojlanadi, 3 m chuqurlikkacha kirib boradi. Ildizpoyalaridan yer usti novdalari hosil boʻladi, urugʻi qattiq qobiqli, 30—35° trada koʻkaradi. Oʻrta Osiyoning hamma r-nlarida, jumladan, Toshkent, Fargʻona, Qashqadaryo viloyatlarida tarqalgan. Hamma chopiqtalab ekinlar, ayniqsa, beda va donli ekinlar orasida uchraydi, sugʻorish kanallari boʻylari, ariq yoqalari, bogʻ va uzumzorlarda oʻsadi. Kurash choralari: yerni haydashda ildiz qoldiqlarini yoʻqotish; nihollari paydo boʻlgach, ekin qator oralariga chuqur ishlov berish; don ekinlariga gerbitsidlar purkash.[1]

Manbalar

  1. "Qizilmiya" OʻzME. Q-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
licença
cc-by-sa-3.0
direitos autorais
Vikipediya mualliflari va muharrirlari
original
visite a fonte
site do parceiro
wikipedia emerging languages

Qizilmiya: Brief Summary ( Usbeque )

fornecido por wikipedia emerging languages

Qizilmiya — dukkakdoshlarga mansub koʻp yillik ildizpoyali begona oʻt. Poyasi sershox, dagʻal, boʻyi 40— 150 sm, tik oʻsadi. Barglari murakkab, toq patsimon, uzunchoq. Gullari binafsha rang , shoda toʻpgulga yigʻilgan. Mevasi choʻzinchoq dukkak. Apr.iyunda gullab mevalaydi. Urugʻi va vegetativ usulda ildizpoyalaridan koʻpayadi. Ildiz sistemasi kuchli rivojlanadi, 3 m chuqurlikkacha kirib boradi. Ildizpoyalaridan yer usti novdalari hosil boʻladi, urugʻi qattiq qobiqli, 30—35° trada koʻkaradi. Oʻrta Osiyoning hamma r-nlarida, jumladan, Toshkent, Fargʻona, Qashqadaryo viloyatlarida tarqalgan. Hamma chopiqtalab ekinlar, ayniqsa, beda va donli ekinlar orasida uchraydi, sugʻorish kanallari boʻylari, ariq yoqalari, bogʻ va uzumzorlarda oʻsadi. Kurash choralari: yerni haydashda ildiz qoldiqlarini yoʻqotish; nihollari paydo boʻlgach, ekin qator oralariga chuqur ishlov berish; don ekinlariga gerbitsidlar purkash.

licença
cc-by-sa-3.0
direitos autorais
Vikipediya mualliflari va muharrirlari
original
visite a fonte
site do parceiro
wikipedia emerging languages