Choydoshlar (Theaceae) — ikki urugʻpallali usimliklar oilasi. Doim yashil daraxt yoki butalardan iborat. Barglari oddiy, chetlari tekis yoki tishli, birinketin joylashgan. Yonbargli, baʼzan yonbargsiz. Gullari toʻgʻri, ikki jinsli yoki ayrim jinsli. Kosachabarglari 5—7 ta, tojbarglari 5 ta, baʼzan 4 ta. Mevasi koʻsakcha yoki kamdankam rezavor. Hasharotlar, baʼzan shamol yordamida changlanadi. Ch.ning 30 turkumi, 400 turi maʼlum, tropik va subtropik mamlakatlarda usadi. Choy va kameliya turkumi katta ahamiyatga ega.