Bu maqola vikilashtirilishi kerak.
Iltimos, bu maqolani Vikipediya qoida va yoʻllanmalariga muvofiq tartibga keltiring.
Oʻrdakburun — oʻrdakburunsimonlar oilasi, bir teshiklilar turkumiga mansub sut emizuvchi hayvon. Oilaning yagona turi. Tanasining uz. 30—45 sm, dumi 10—15 sm. Boshining uchida teri bilan qoplangan yassi muguz "tumshugʻi" (uz. 6,5 sm ga yaqin) boʻladi. Suvga shoʻngʻiganida koʻzi va quloq teshigi teri burmalari bilan yopiladi. Dumi yassi va uzun, 5 barmoqli oyoklarida suzgich pardalari bor. Tishlari faqat yosh hayvonlarda boʻladi; voyaga yetgan davrida ular oʻrnini muguz plastinka egallaydi. Juni yumshoq va qalin; orqa tomondan qoramtirqoʻngʻir, ostki tomondan kulrang tusda. Oʻ. Sharqiy Avstraliya va Tasmaniyada tarqalgan. Daryolar va boshqalar suv havzalari qirgʻoqlarida va suvda yashaydi. Mayda suv hayvonlari bilan oziqlanadi. Urgʻochisi yilda 1 marta suv havzalari qirgʻogʻida kovlangan iniga 1—2, baʼzan 3 ta tuxum qoʻyadi. Qimmatbaho moʻynasi uchun koʻplab ovlangan. Hozir ovlash man etilgan.
O'rdakburun-(lotincha "Ornithorhynchus anatinus") tovushqon kattaligidagi hayvon bo'lib u faqat Avstraliyaning sharqiy qismida va Tasmaniyada uchraydi. Uning boshida o'rdaknikiga o'xshash keng va uzun muguz tumshug'i bor ( tumshug'ining uzunligi 6 sm, kengligi esa 5sm uzunlikka yetshi mumkin ), shu sababli unga shu nom qo'yilgan. O'rdakburunning kallasi tanaga deyarli to'g'ridan - to'g'ri tutashgan bo'lib, bo'yni deyarli sezilmaydi. Yosh o'rdakburunlarda sodda ko'rinishidagi tishlar bo'ladi, ammo, u voyaga yetgach tishlar yo'qolib ketib, uning o'rnini shoxsimon plastinalar egallaydi. Ko'zlari kichkina, tashqi quloqlari yo'q. Ammo, u juda yaxshi ko'radi va eshitadi. Oyog'ining barmoqlari orasida suzgich pardasi bo'lib, ana shu pardasi yordamida yaxshi suzadi. O'rdakburun tumshug'i bilan suvdan har xil mayda umurtqasiz hayvonlarni sizdirib oladi. Voyaga yetgan o'rdakburunning vazni 1 dan 2.4 kg gacha og'irlikda, uzunligi 30 - 45 kg, dumining uzunligi 10 - 15 sm uzunlikda bo'lishi mumkin. O'rdakburun yagona zaxarli sut emizuvchi hayvon hisoblanadi. Uning erkagining orqa oyog'ida zaxarli bezi bo'lib, bu bez ordakburunning orqa oyog'nining to'pig'ida joylashgan suyakdan iborat pixiga ochiladi. O'rdakburun bu zaxarli pix yordamida o'zini yirtqichlardan himoya qilishda va hududini boshqa erkak o'rdakburunlardan tozalash maqsadida ishlatadi. Urg'ochi o'rdakburunlarda pix va zaxar juda kichik va kam miqdorda bo'ladi. O'rdakburunlar juda kamsuqum hayvonlar hisoblanishadi, ularni hatto juda ko'p uchraydigan hududlarda ham topish qiyin. Ular faqat erta tongda va kech tunda faollashadilar. Yevropaga keltirilgan o'rdakburun tuxumini ko'rga kishilar, dastlab uni soxta hayvon, ya'ni o'rdakning tumshug'i boshqa hayvonga tikib qo'yilgan, degan fikrga kelganlar. Eng ajablanarlisi shuki, o'rdakburun tuxum qo'yib, uni bosib yotadi. Lekin tuxumdan chiqqan bolalarini sut bilan boqadi. Uning sut bezlaridagi so'rg'ichlari bo'lmaganidan suti xuddi ter singari yungining sirtiga sizib chiqadi; bolalari ana shu sutni yalab oziqlanadi. O'rdakburunlar o'zaro past qichqirish orqali " suxbatlashishadi ". Terisi yumshoq va mayin bo'lib, u juda sezgir nerv tommirlari bilan o'ralgan. Tanasi qalin, suv yuqtirmaydigan jun bilan qoplangan. U daryo qirg'oqlarida, turli oqimli suv xavzalarida va yil bo'yi suv bilan to'la turadigan ko'llardagi uyasida yashaydi. Uyani asosan urg'ochi o'rdakburun quradi. Uya asosan quruqlikda quriladi va u albatta suvga tutashtiriladi yoki unga yaqin quriladi. Uyaning uzunligi 9 dan 18 m gacha bo'lishi mumkin. Uyaning eng ichkari qismida urg'ochi o'rdakburun yovvoyi o'tlar va barglardan to'shak yasaydi. Bu to'shak unga tuxum uchun incha vazifasini o'taydi. Urg'ochi o'rdakburun asosan ikkita, ba'zi hollarda to'rttagacha tuxum qo'yadi. Yangi tug'ilgan o'rdakburun bolalarida jun bo'lmaydi. Ona o'rdakburun bolalarini dumi yordamida bag'riga bosib, ularni oziqlantiradi. O'rdakburunlarni ovlash qonun bo'yicha ta'qiqlangan bo'lsa - da, ba'zida ularni qiziquvchilar ovlab turadi va bu ularning kamayishiga omil yaratadi.