dcsimg
Image of Brisingidae G. O. Sars 1875
Creatures » » Animal »

Echinoderms

Echinodermata

Ignaterililar ( Uzbek )

provided by wikipedia emerging languages

Ignaterililar (Echinodermata) -umurtqasiz hayvonlar tipi. Tanasining uzunligi bir necha mm dan 5 m gacha, yulduz, bodring , dumaloq va b. shaklda. Voyaga yetgan I. tanasi odatda 5 nurlik simmetriyaga ega. Skeleti ohak plastin-kalardan va koʻpincha tanasi yuzasiga boʻrtib chiqib turadigan ohaq pixlar, yaʼni ignalardan iborat. I. da ambu-l a kral sistema boʻladi. Bu sistema suv bilan toʻlgan naychalardan tashkil topgan. Naychalar harakatlanish organlari — juda koʻp ambulakral oyoqchalar bilan bogʻlangan. I. ning ayrim sinflarida bu oyokchalar paypaslagichlarga oʻxshash boʻlib, nafas olish, qisman tuygʻu vazifasini bajaradi. I. ning tana boʻshligʻi ikkilamchi. Asosan, jinsiy yoʻl bilan koʻpayadi. Lichinkasi dipleurula deyiladi. Metamorfoz orqali rivojlanadi. Oʻsimlik, detrit, mayda hayvonlar bilan oziklanadi. Shuningdek, dengiz yulduzlari, baliqlar, mollyuskalar, yirik qisqichbaqasimonlar va b. hayvonlar bilan oziklanib, bir-muncha ziyon keltiradi. 6 mingtacha turi maʼlum, asosan, suvi juda shoʻr dengizlarda yashaydi. 5 sinf (dengiz yulduzlari, ofiuralar, dengiz tipratikanlari, dengiz bordinglari (goloturiyalar), dengiz nilufarlari) ga boʻlinadi.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
license
cc-by-sa-3.0
copyright
Vikipediya mualliflari va muharrirlari

Ignaterililar: Brief Summary ( Uzbek )

provided by wikipedia emerging languages

Ignaterililar (Echinodermata) -umurtqasiz hayvonlar tipi. Tanasining uzunligi bir necha mm dan 5 m gacha, yulduz, bodring , dumaloq va b. shaklda. Voyaga yetgan I. tanasi odatda 5 nurlik simmetriyaga ega. Skeleti ohak plastin-kalardan va koʻpincha tanasi yuzasiga boʻrtib chiqib turadigan ohaq pixlar, yaʼni ignalardan iborat. I. da ambu-l a kral sistema boʻladi. Bu sistema suv bilan toʻlgan naychalardan tashkil topgan. Naychalar harakatlanish organlari — juda koʻp ambulakral oyoqchalar bilan bogʻlangan. I. ning ayrim sinflarida bu oyokchalar paypaslagichlarga oʻxshash boʻlib, nafas olish, qisman tuygʻu vazifasini bajaradi. I. ning tana boʻshligʻi ikkilamchi. Asosan, jinsiy yoʻl bilan koʻpayadi. Lichinkasi dipleurula deyiladi. Metamorfoz orqali rivojlanadi. Oʻsimlik, detrit, mayda hayvonlar bilan oziklanadi. Shuningdek, dengiz yulduzlari, baliqlar, mollyuskalar, yirik qisqichbaqasimonlar va b. hayvonlar bilan oziklanib, bir-muncha ziyon keltiradi. 6 mingtacha turi maʼlum, asosan, suvi juda shoʻr dengizlarda yashaydi. 5 sinf (dengiz yulduzlari, ofiuralar, dengiz tipratikanlari, dengiz bordinglari (goloturiyalar), dengiz nilufarlari) ga boʻlinadi.

license
cc-by-sa-3.0
copyright
Vikipediya mualliflari va muharrirlari