dcsimg

Bugʻuchalar ( Uzbek )

provided by wikipedia emerging languages

BUGʻUCHALAR, kanchillar (Tragulidae) — juft tuyoqlilar turkumiga mansub sut emizuvchilar oilasi. Afrika B. i (Hyemoschus) va Osiyo B. i yoki kanchillari (Tragulus) degan ikkita uruqqa boʻlinadi. Afrika B.ining faqat bitta turi (N. aquaticus) bor. U Afrikaning tropik oʻrmonlarida yashaydi. Osiyo B.i yoki kanchillarning Jan. va Jan.Sharqiy Osiyoda tarqalgan 3 turi bor. B.ning tuzilishi bugʻuga oʻxshaydi, lekin undan kichik boʻladi. Kattaligi quyondek keladi. Shoxi boʻlmaydi, oyoqlarida toʻrttadan barmoqlar bor. B.ning eng mashhuri Yava bugʻuchasi yoki kanchilidir (T. javanicus). Uning boʻyi 40 sm, dumi 4 sm cha. Oʻzi juda chiroyli. Bosh tomoni och jigarrang , bikini sariq, yelkasi qoramtir. Erkagining tishi 3 sm tashqariga chiqib turadi. Oʻrmon va butazorlarda yashaydi. U tungi hayvon. Oʻsimlik va mevalar bilan oziqlanadi, 2 ta bola tugʻadi. Goʻshti yumshoq va mazali.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

license
cc-by-sa-3.0
copyright
Vikipediya mualliflari va muharrirlari

Bugʻuchalar: Brief Summary ( Uzbek )