dcsimg

Oʻrik ( Uzbek )

provided by wikipedia emerging languages

Oʻrikraʼnoguldoshlar oilasiga mansub daraxtlar turkumi; mevali oʻsimlik. Vatani — Oʻrta Osiyo. Osiyoda 10 turi maʼlum. Oddiy Oʻ. (Armeniaca vulgaris), manchjuriya Oʻ.i (A. mandshurica), sibir Oʻ.i (A. sibirica), david Oʻ.i (A. davidiana) va qora Oʻ. (A. dasycarpa) turlari keng tarqalgan. Shimoliy Hindiston, Eron, Turkiya, Italiya, Ispaniya, Shimoliy va Janubiy Afrika, Shimoliy Amerika mamlakatlari va Avstraliya, Oʻrta Osiyo, Zakavkazye hamda Rossiyaning Yevropa qismi janubida yetishtiriladi. Oʻrta Osiyoda va Xitoyda 5 ming yil, Janubiy Yevropada 2 ming yil oldin madaniylashtirilgan. 500 dan ortiq navi bor. Jahon boʻyicha yalpi hosili 2,7 mln. t. Oʻzbekistonda 35 ming t (1999), ekin maydoni jihatidan mevali daraxtlar orasida 4oʻrinni egallaydi.

Oʻzbekistonda, asosan, oddiy Oʻ. turi ekiladi. Boʻyi 5–8 m, shoxshabbasi keng. Bargi keng tuxumsimon, guli oq yoki pushti, barg yozishdan oldin ochiladi. Mevasi etli, yumaloq, tuxumsimon, oq, sariq, qizgʻish; danagidan ajraladigan va ajralmaydigan xillari bor, shirin, shirinnordon. Tarkibida 14—16% qand, 0,6— 1,2% olma, limon va boshqalar kislotalar, 28—31% quruq modda, S, RR vitamini, 0,38—1,27% pektin, 10 mg gacha karotin, danagi magʻzi shirin (ayrim navlariniki achchiq), tarkibida 29—58% yogʻ bor. Yangiligida yeyiladi, turshak, bargak solinadi, konserva (murabbo, jem, kompot), qaysa qilinadi. Danagidan danakshoʻrak tayyorlanadi, xalq tabobatida mevasi va turshagidan yurakqon tomir tizimi kasalliklarini davolashda foydalaniladi. Oʻ. yaxshi asal beruvchi daraxt, danagidan va payvand qilib koʻpaytiriladi. Payvandtag sifatida yovvoyi Oʻ., olcha, bodom va shaftolidan foydalaniladi. Hosildorligi 80—120 s/ga. Ekilganidan soʻng 4—5yili hosil beradi, 15—17 yoshda toʻliq hosilga kiradi. Oʻzbekistonda mart—aprelda gullaydi, naviga qarab may—iyulda pishadi. Oʻ. issiqsevar, yorugʻsevar, qurgʻoqchilik va issiqlikka chidamli, lekin namlik yetishmaganda hosilli vdoxlari meva tugmaydi. Gullagan paytda bahorgi qorasovuqlardan zararlanadi. Koʻchati kuzda va bahorda 6x8, ihota daraxti sifatida 4x6 m sxemada ekiladi. Oʻ.ka vazasimon yoki pogʻonasimon shakl beriladi, bahorda bir yillik novdalarining 1/3, 2/3 qismi kesib turiladi. Oʻ. unumdor, serquyosh, boʻz hamda shagʻaltoshli sugʻoriladigan yerlarda yaxshi oʻsadi. Oʻzbekistondagi oʻrikzorlarning asosiy qismi Fargʻona vodiysi va Zarafshon vohasida joylashgan, Oʻrta Osiyoda Oʻ.ning 500 dan ortiq navlari va klonlari uchraydi. 20-asrning 30-yillaridan boshlab 40 dan ortiq xalq va ilmiy seleksiya navlari rayonlashtirilgan. Oʻzbekistonda Oʻ.ning Ahroriy, Subhoniy, Gulungi luchchak, Mirsanjali, Koʻrsodiq, Xurmoi, Isfarak, Javpazak, Oq oʻrik, Navoiy, Shalax, Ruhi Juvanon, Mohtobi va boshqalar koʻplab navlari ekiladi.

Kasalliklari: kulrang chirish, klyasterosporioz, bakterial rak va boshqalar Zararkunandalari: uzunburunlar, tillaqoʻngʻizlar, oʻrik filchasi, oʻrik tunlami va boshqalar

Adabiyot

  • Pomologiya Uzbekistana, T., 1983; Mirzayev M.M., Kultura abrikosa v Uzbe. kistane, T., 2002.

Sulton Xolnazarov.

license
cc-by-sa-3.0
copyright
Vikipediya mualliflari va muharrirlari

Oʻrik: Brief Summary ( Uzbek )

provided by wikipedia emerging languages

Oʻrik — raʼnoguldoshlar oilasiga mansub daraxtlar turkumi; mevali oʻsimlik. Vatani — Oʻrta Osiyo. Osiyoda 10 turi maʼlum. Oddiy Oʻ. (Armeniaca vulgaris), manchjuriya Oʻ.i (A. mandshurica), sibir Oʻ.i (A. sibirica), david Oʻ.i (A. davidiana) va qora Oʻ. (A. dasycarpa) turlari keng tarqalgan. Shimoliy Hindiston, Eron, Turkiya, Italiya, Ispaniya, Shimoliy va Janubiy Afrika, Shimoliy Amerika mamlakatlari va Avstraliya, Oʻrta Osiyo, Zakavkazye hamda Rossiyaning Yevropa qismi janubida yetishtiriladi. Oʻrta Osiyoda va Xitoyda 5 ming yil, Janubiy Yevropada 2 ming yil oldin madaniylashtirilgan. 500 dan ortiq navi bor. Jahon boʻyicha yalpi hosili 2,7 mln. t. Oʻzbekistonda 35 ming t (1999), ekin maydoni jihatidan mevali daraxtlar orasida 4oʻrinni egallaydi.