dcsimg

Terak ( Uzbek )

provided by wikipedia emerging languages

Terak (Populus L.) — toldoshlar oilasiga mansub daraxtlar turkumi. Ayrim maʼlumotlarga koʻra, 100 dan ortik, turi bor. 30 ga yaqin turi Yevrosiyo, Shim. Amerika va Shim. Afrikada Tarkalgan. Oʻzbekistonda terakning koʻkyaproqli T. yoki zangori bargli T. (P. pruinosa Schrenk), furot T.i (P. euphratica Olid.), mirzaterak (P. nigra L.), afgʻon T.i (R. afghanica), oq terak (P. alba), Baxofen teragi yoki koʻkterak (P.bachofenu Wierzb.) turlari oʻsadi. Mirzaterak, koʻkterak, oqterak turlari koʻp ekiladi. T.larning baʼzi turlari boʻyi 30— 45 (baʼzan 60) m gacha, diametri 1,5 (ayrim daraxtlariniki 3) m gacha yetadi. T.lar tanasi tik, shoxshabbasi tuxumsimon, piramidasimon, keng ovalsimon boʻladi. Barglari bandli, ketmaket, barg plastinkasi yaxlit yoki kertikli, nashtarsimon. Kuchalasi silindrsimon, boshoqsimon toʻpgul, gullagandan keyin toʻkiladi. Guli bir jinsli, ikki uyli. Aksariyati barg yozishdan oldin, baʼzilari barg yozgandan keyin gullaydi. Urugʻi koʻsakcha, shamol va suv yordamida tarqaladi. Nam tuprokda tez unib chiqadi. T. issiqsevar, yorugʻsevar, sovuqqa bardoshli (mas., mirzaterak) oʻsimlik. Sernam va unumdor tuproklarda tez yetiladi, lekin baʼzilari shoʻrxok tuproqni xush koʻrmaydi. T. qisqa umrli (25—30 yoshgacha yaxshi rivojlanadi) daraxt boʻlsa ham 150—200 yil umr koʻradiganlari gʻam (mirzaterak va oqterakning ayrim daraxtlari) bor.

Terakzorlar sof va aralash holda tashkil etiladi. Qayir yerlar sharoitida T. qayragʻoch, qandagʻoch va butalar bilan birga yetishtiriladi. Oʻrmonchilik rivojlangan mamlakatlarda T.ni koʻpaytirishda yangi yigʻib olingan urugʻlari sepilib, dastlab koʻchat (1 ga maydondan 400—500 ming tup) olinadi. Bir yillik koʻchatlardan 2yili terakzorlar barpo etiladi. Oʻzbekiston sharoitlarida bir yillik novdalardan olingan kalamchalardan (uz. 30—35 sm) koʻpaytiriladi (yoʻl yoqalari, ariqboʻylariga bir qatorlab ekilganda tuplar orasi 0,8–1 m, terakzorlarda 0,8—1xZ m sxemada ekiladi), ildizidan bachkilab, toʻnkasidan oʻsib chiqib ham koʻpayadi. Qulay sharoit boʻlsa va terak yetishtirish texnologiyasiga rioya etilsa, 25—30 yoshida gektaridan (Oʻzbekistonda, hatto 15—20 yilda) yetilgan (8—10 yoshida ishga yaroqli) 500–900 m³ gacha yogʻoch olinadi. T.lar turlari tez oʻsishi, manzarali boʻlishi va joy tanlamasligi sababli ihota va oʻrmon muhofazasi, koʻkalamzorlashtirish ishlarida muhim ahamiyat kasb etgan (qarang Dala ihota oʻrmonzorlari).

T. yogʻochi imorat qurilishida, yogʻochni qayta ishlash, mebel sanoatida ishlatilishidan tashqari sellyulozaqogoz sanoati uchun muhim xom ashyodir. Uning yogʻochi gidrolizlanib etil spirta olinadi. T. sellyulozasidan gazlama, kord tolasi tayyorlanadi. Gugurt ishlab chiqarish.da ishlatiladi. T., asosan, ihota oʻrmonlar hosil qilish uchun koʻp ekiladi. Keyingi yillarda Oʻzbekistonda imoratbop qurilish materiallari olish maqsadida terakzor maydonlar koʻp tashkil qilinmoqda. Amerika va Yevropadan tez yetiladigan T. navlari keltirib ekilmoqda. OʻzR Vazirlar Mahkamasining 1994 y. 8 fevraldagi "Sanoat terakchiligini rivojlantirish va boshqa tez oʻsuvchi yogʻochbop daraxtzorlarni barpo etishga oid choratadbirlar toʻgʻrisida"gi qarori eʼlon qilinib, mamlakat hududida har yili 10 ming gektar maydonda terakzorlar tashkil etish rejasi belgilangandan keyin bu sohaga, terakchilikka jiddiy eʼtibor berila boshlandi.

Adabiyot

  • Ozolin G.. Shamsiyev Q., Stipinskiy V., Oʻzbekiston teraklari, T., 1992.

Sulton Xolnazarov.

license
cc-by-sa-3.0
copyright
Vikipediya mualliflari va muharrirlari

Terak: Brief Summary ( Uzbek )