dcsimg

Agamasimonlar ( Uzbek )

provided by wikipedia emerging languages

Agamasimonlar (Agamidae) – kaltakesaklar kenja turkumi tangachalilar turkumiga mansub sudralib yuruvchilar oilasi. A.ning boshi uchburchak yoki to‘garak shaklda, ustki tomondan mayda tangachalar yoki burtmachalar bilan qoplangan. Tanasi yapaloq (yerda yashovchi A.) yoki ikki yon tomondan siqiq (daraxt A.), oyoqlari va dumi yaxshi rivojlangan, ko‘z qorachig‘i to‘garak shaklda. Ko‘pchilik A. tishlarining tashqi ko‘rinishi sut emizuvchilarnikiga o‘xshaganligi uchun ularni soxta kurak, qoziq va oziq tishlilarga ajratiladi. A.ning 34 uruqqa bo‘linadigan 300 ga yaqin turi ma’lum. Afrika, Janubiy va Markaziy Osiyoda, ayrim turlari Janubi-Sharqiy Yevropa, Avstraliya va Polineziyada tarqalgan. O‘zbekistonda agamalar va to‘garakboshlilar urugʻlariga mansub 15 ga yaqin turi tarqalgan. Ochiq dasht, cho‘l va toshloq joylarda yashaydi.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

license
cc-by-sa-3.0
copyright
Vikipediya mualliflari va muharrirlari

Agamasimonlar: Brief Summary ( Uzbek )