dcsimg

Burchoq ( Usbeque )

fornecido por wikipedia emerging languages

Burchoq (Lathyrus sativus L.) — dukkakdoshlarga mansub bir yillik oʻsimlik. Poyasi 4 qirrali, bargi juft patsimon, murakkab, gullari zangori, pushti, qizil, binafsha. Dukkaklari uzunchoq va bir oz yassi, 4—7 urugʻli. Oʻzbekiston hududida yovvoyi holda ham oʻsadigan 12 turi koʻp uchraydi. B. asosan yemxashak ekini boʻlib, don, koʻkpoya, pichan olish va silos bostirish hamda chorvani oʻtlatish uchun ekiladi. Uning donlarida oqsil moddasi noʻxat va oʻris noʻxatga nisbatan koʻp boʻladi. Urugʻida 2430% oqsil, 0,81,5% moy, 5055% kraxmal, 3—6% kletchatka, 2,1 — 4% kul bor.

B. juda toʻyimli ozuqa. Tuproqda azot toʻplovchi oʻsimlik. Rossiyaning Yevropa qismida, Gʻarbiy Sibirda, Ukraina jan.da, Qozogʻistonda ekiladi. Gektaridan 35—50 s don, 100 s toʻpon (somon) beradi. Koʻk oʻt hosili 300 s atrofida.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

licença
cc-by-sa-3.0
direitos autorais
Vikipediya mualliflari va muharrirlari
original
visite a fonte
site do parceiro
wikipedia emerging languages

Burchoq: Brief Summary ( Usbeque )