Kuya, kuyalar (Tineidae) — kapalaklar turkumiga mansub hasharotlar. Turliqanotlilar (Frenata) kenja turkumining 70 dan ortiq oilasini oʻz ichiga oladi. Qanotlari ensiz, yozilganda 1—5 sm, oldingi qanotlari orqa qanotidan kattaroq boʻlishi, koʻpincha boshida tikkayib turgan tangachalarining borligi bilan ajralib turadi. 2000 dan ortiq turi mavjud, jumladan, Oʻrta Osiyoda 35—40 dan koʻp turi uchraydi. Bir qancha turlari turar joylarda, omborlarda yashaydi. K. orasida zararkunandalari koʻp. Kapalagi qoʻygan tuxumdan chiqqan qurt (lichinka)lari zarar keltiradi. Haqiqiy K.lar oilasiga mansub zararkunandalardan poya K.sining qurtlari bugʻdoy va javdar oʻsimligi poyalarini, ombor K.sining qurtlari don, meva qoqilari, pustin K.si va kiyimlari jun, junli matolar, moʻyna va boshqalarni zararlaydi; toʻrvali K., girdak K., meva K.si olma, nok, doʻlana, oʻrikning rivojlanayotgan kurtaklari, keyinchalik barglari bilan oziqlanib katta ziyon keltiradi. Karam va butguldoshlarga mansub boshqa oʻsimliklarga karam K.si katta zarar keltiradi. Bu K.ni baʼzi olimlar mustaqil oila deb hisoblaydi. Oʻyiqqanotli K.lar oilasining vakili — gulxyyri kuyasi paxtaning ashaddiy zararkuvandasi; bu oilaga yana don kuyasi, shuningdek, karantin nazoratidagi gʻoʻza hamda kartoshka K.lari ham kiradi.
Kurash choralari: uy-roʻzgʻorda uchraydigan K.ga vaftalin, karam K.siga 40% li ripkord (0,1 l/ga), 20% li sumitsidin(0,3 l/ga) yoki fozalon qoʻllash; don K.siga qarshi donni 25% li amboʻsh (1,2 g/m2) yoki metil yoki metil bromid bilan dorilash.
Sulton Alimuhamedov.[1]

Sulton Alimuhamedov.