dcsimg
Image of <i>Leptaena rhomboidalis</i> (Wahlenberg 1818)
Creatures » » Animal »

Lamp Shells

Brachiopoda

Yelka oyoqlilar ( Uzbek )

provided by wikipedia emerging languages

Yelka oyoqlilar (Brachiopoda) -umurtqasiz hayvonlar tipi, dengizlarda oʻtroq hayot kechiradi. Tanasi pushti rang ikki pallali ohak chigʻanoq bilan qoplangan. Chigʻanogʻining uz. 10 sm gacha. Chigʻanoq pallalari maxsus oʻsiklar yoki faqat muskullar yordamida tutashgan. Tanasi chigʻanoq boʻshligʻining keyingi qismida joylashgan, chigʻanoqning oldingi kengaygan qismida teri oʻsimtalari, yaʼni kipriklar bilan qoplangan "qoʻllar" bor. Kipriklar harakati tufayli mantiya boʻshligʻiga suv kirib turadi. Ogʻiz boʻshligʻi "qoʻllar"ning asosida joylashgan. Ayrim Ye. o.da koʻrichak mavjud. Tana boʻshligʻi ikkilamchi, yuragi, qon tomirlari, halqum oldi nerv halqasi va nerv tolalari bor. Ayrim jinsli, lichinkasi troxofora. Boltiq, Qora va Kaspiy dengizlaridan tashqari hamma dengizlarda yashaydi. Ye. o. — qadimgi hayvonlar, kembriy davridan maʼlum. 280 dan ortiq turi tarqalgan. Ye. o. paleozoyning stratigrafiyasida muhim ahamiyatga ega.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
license
cc-by-sa-3.0
copyright
Vikipediya mualliflari va muharrirlari

Yelka oyoqlilar: Brief Summary ( Uzbek )

provided by wikipedia emerging languages

Yelka oyoqlilar (Brachiopoda) -umurtqasiz hayvonlar tipi, dengizlarda oʻtroq hayot kechiradi. Tanasi pushti rang ikki pallali ohak chigʻanoq bilan qoplangan. Chigʻanogʻining uz. 10 sm gacha. Chigʻanoq pallalari maxsus oʻsiklar yoki faqat muskullar yordamida tutashgan. Tanasi chigʻanoq boʻshligʻining keyingi qismida joylashgan, chigʻanoqning oldingi kengaygan qismida teri oʻsimtalari, yaʼni kipriklar bilan qoplangan "qoʻllar" bor. Kipriklar harakati tufayli mantiya boʻshligʻiga suv kirib turadi. Ogʻiz boʻshligʻi "qoʻllar"ning asosida joylashgan. Ayrim Ye. o.da koʻrichak mavjud. Tana boʻshligʻi ikkilamchi, yuragi, qon tomirlari, halqum oldi nerv halqasi va nerv tolalari bor. Ayrim jinsli, lichinkasi troxofora. Boltiq, Qora va Kaspiy dengizlaridan tashqari hamma dengizlarda yashaydi. Ye. o. — qadimgi hayvonlar, kembriy davridan maʼlum. 280 dan ortiq turi tarqalgan. Ye. o. paleozoyning stratigrafiyasida muhim ahamiyatga ega.

license
cc-by-sa-3.0
copyright
Vikipediya mualliflari va muharrirlari