Anjabor (Geranium collinum, G. rectum) – yoronguldoshlar oilasining geranlar turkumiga mansub bir-biriga yaqin bir qancha turlardan iborat kup yillik o‘tlar. Bargi keng to‘garak, romb-simon bo‘laklarga bo‘lingan, guli ko‘kish-pushti. O‘zbekiston tog‘larida o‘sadi. Tarkibida 23–54% tannin (oshlovchi) va boshqa moddalar bor. Ildizining qaynatmasi tabobatda ichdan qon ketishini to‘xtatish, og‘riqni qoldirish va me’da kasalliklarini davolashda foydalaniladi. A. teri oshlashda ham qo‘llaniladi.