dcsimg

Gʻijmalos ( Usbeque )

fornecido por wikipedia emerging languages

Gʻijmalos, gʻichmalos — govzabondoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻsimlik. Boʻyi 10—40 sm, shoxlangan poyasi tukchalar bilan qoplangan. Barglari tuxumsimon, uch qismi toʻmtoq yoki oʻtkir qirrali. Gullari mayda, gajak toʻpgulga yigʻilgan, kosacha bargi 2 mm, gul tojisi oqish, mayda, toj naychasi 2–3 mm. mevasi 4 boʻlakli yongʻoqcha. Urugʻi tuxumsimon, usti yaltiroq, tekis yoki sal gʻadir-budir. Mayiyunda gullab, iyun—iyulda urugʻlaydi. Oʻzbekistonda, asosan, Buxoro va Qoraqalpogʻistonda tarqalgan. Toshloqjoylarda va togʻ yonbagʻirlarida oʻsadi. Ekinlar orasida begona oʻt sifatida ham uchraydi. Tarkibida geliotrin, laziokarbin va boshqa alkaloidlar bor. Zaharli.

licença
cc-by-sa-3.0
direitos autorais
Vikipediya mualliflari va muharrirlari
original
visite a fonte
site do parceiro
wikipedia emerging languages