dcsimg

Boʻrigul ( Uzbek )

provided by wikipedia emerging languages

BOʻRIGUL (Vinca erecta Regel et Schmalh.) — kendirdoshlar oilasiga mansub yotiq ildizpoyali koʻp yillik oʻt. Bitta ildiz boʻgʻzidan 15—40 sm uzunlikdagi bir necha poya chiqadi. Bargi tekis qirrali, bandsiz, qaramaqarshi joylashgan. Apr.dan iyulgacha gullaydi, guli oq yoki och binafsha rangli, har bir barg qoʻltigʻida bittadan bir chanoqli yassi mevasi boʻladi. B. Ugom, Fargʻona, Hisor togʻlarining jan. qiyaliklarida, qoyalar va chagʻirtoshli togʻ yon bagʻirlarida oʻsadi. Oʻzbekiston FA Oʻsimlik moddalari kimyosi institutida B.dan 40 ga yaqin alkaloid (vinkalin, vinkametrin, vinkanidin, ervinin, ervamin va boshqalar) ajratib olingan.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

license
cc-by-sa-3.0
copyright
Vikipediya mualliflari va muharrirlari

Boʻrigul: Brief Summary ( Uzbek )