dcsimg

Toʻtilar ( Uzbek )

provided by wikipedia emerging languages

Toʻtilar (Psittaciformes) — qushlar turkumi. 1 oila, 7 kenja oila va 324 turi maʼlum. Tanasining uz. 9,5 sm dan 1 m gacha, ogʻirligi 10 g dan 1 kg gacha. T.ning nari va modasi bir xil tusda, koʻpincha har xil rangli (mas., yashil, qizil, koʻk aralash, kamdankam kora yoki kulrang va boshqalar), tumshugʻi yoʻgʻon, ustki qismi harakatchan; uning yordami bn daraxt shoxlarini changallab yuradi; qattiq mevalarni chaqadi. Koʻpchiligida kokil va uzun dumlari bor. Tirnoqlari mustahkam. 1 va 4 barmoklari orqaga qayrilgan. Koʻpchiligi yaxshi uchadi, baʼzilari (mas., ukki, tugi) uchish layoqatini yoʻqotgan. Tropik va subtropik mintaqalarda, ayniqsa, tropik Amerikada keng tarqalgan. Baʼzilari (mas., kakapo) yerda, koʻpchiligi daraxtda yashashga moslashgan. Uyasini daraxt kovaklariga, toshlar yorigʻiga, boshqa hayvonlar uyalariga va boshqa joylarga yasaydi. 2—8 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumini 2—4 hafta bosadi. Bolalarini 5— 12 hafta uyasida, asosan, oʻsimlik urugʻlari, mevalari, baʼzan hasharotlar va nektar bn oziqlantiradi. Chiroyliligi va ayrim tovushlarga taqlid qilish, jumladan soʻzlarni ifodalashga oʻrgatish mumkin boʻlgani uchun baʼzi T. qafasda boqiladi. 70 dan ortiq turi Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqining Qizil kitobiga kiritilgan. Ularga misol qilib yana Korello, Kakadu ,Ara,Jako,Ajralmas,va to'lqinsimon to'tiqushchalarni keltirish mumkin.Ushbu to'tiqushlarning vatani Avstraliya .

license
cc-by-sa-3.0
copyright
Vikipediya mualliflari va muharrirlari